Дилозор.ком - Русские песни - Sanjar Shodiyev - Ayolidan ayrilmasin er

Sanjar Shodiyev - Ayolidan ayrilmasin er

  • Длительность:
  • Размер: MB
  • Качество: 0 kbps, Stereo
  • Релиз: 02-07-2020
Скачать песню Sanjar Shodiyev - Ayolidan ayrilmasin er в mp3 бесплатно
Слушать музыку Sanjar Shodiyev - Ayolidan ayrilmasin er
Текст песни
Baxtli bo'lsin qo'sgani bilan
Yolg'iz yo'lga qayrilmasin er
Umr nomli yo'lning yarmida
Ayolidan ayrilmasin er
Yolg'izlik shum yolg'izlik yomon
Yolg'iz inidan qo'ymaydi omon
Yostiqdosh do'sti mehribon
Xayolidan ayrilmasin er

Yostiqdosh do'sti mehribon
Xayolidan ayrilmasin er
Qayga ketsa kelsa shod kutgan
Ne dard bo'lsa jim ichga yutgan
Tom suv ochiq kulib choy tutgan
Jamolidan ayrilmasin er

Qilsin hovli elga qilib to'y
Saksonlarda birga yursin o'y
Yondan o'tsa tanish va xushbo'y
Shamolidan ayrilmasin er
Qulamasin qomati taxti
Armon bo'lib qolmasin axti
Farzandlarin onasi baxti
Kamolidan ayrilmasin er

Mana baytim bitmoqda she'rim
Kimga yoqsa yoqmasa mayli
Sadoqatdan Zuxray-u Layli
Timsolidan ayrilmasin er
Sadoqatdan Zuxray-u Layli
Timsolidan ayrilmasin er