Дилозор.ком - Русские песни - Abduvali Rajabov - Unut meni

Abduvali Rajabov - Unut meni

  • Длительность: 3:08
  • Размер: 4.3 MB
  • Качество: 192 kbps, Stereo
  • Релиз: 21-07-2020
Скачать песню Abduvali Rajabov - Unut meni в mp3 бесплатно
Слушать музыку Abduvali Rajabov - Unut meni
Текст песни
Qo`shiqlarim, kuylarimga
Maftun bo`lib o`zing topibsan.
Yuragingga toza tuyg`ular
Ichra mening ismim yozibsan.

Baxt-omadim shudir balki,
Yana mening bordir keragim.
Lekin senmas men kutgan yor,
Sen emassan mening tilagim.

Unut meni, arzimasman
Sening toza izhorlaringga.
Men o`zimni kechirolmasman,
Zarra ozor yetsa qalbingga.

Qo`ygin meni, arzimasman,
Senga dilim tutolmasman.
Bir bevafo tilgan qalbimni
Senga ravo ko`rolmasman.

Ardoqlagin deyman o`zingni,
Yoshlamagin bekor ko`zingni.
Bilgin deyman, sevgin deyman,
Sevgi qadrin bilgan insonni.

Ne qilaman aldab yuzingga,
Og`ir olma hecham qalbingga.
Mening ham bir sevgim bor edi,
Qalbim bog`lab ketgan o`ziga.

Unut meni, arzimasman
Sening toza izhorlaringga.
Men o`zimni kechirolmasman,
Zarra ozor yetsa qalbingga.
Qo`ygin meni, arzimasman,
Senga dilim tutolmasman.
Bir bevafo tilgan qalbimni
Senga ravo ko`rolmasman.