Дилозор.ком - Русские песни - Farrux Xamrayev - Hoji Onam

Farrux Xamrayev - Hoji Onam

  • Длительность: 4:12
  • Размер: 5.77 MB
  • Качество: 192 kbps, Stereo
  • Релиз: 12-05-2020
Скачать песню Farrux Xamrayev - Hoji Onam в mp3 бесплатно
Слушать музыку Farrux Xamrayev - Hoji Onam
Текст песни
Keng hovlida yolg'izlikdan yig'ladingiz
Dardingizni xech kimsaga aytmadingiz
Mehnat qilib bizlar uchun tinmadingiz
Mening onam hoji onam

Bo'ldi endi o'zingizni biroz ayang
Otam bilan shod kunlarni bizga sanang
Tushlarizga Rasulluloh kirdi qarang
Mening onam hoji onam

Besh farzandni ulg'aytirib katta qildiz
Shukur qilib onam qotgan nonlar yediz
Xatto ulug' Makkaga ham borib keldiz
Mening onam hoji onam

Yomon kunda tuxmatdan ham yomoni yo'q
Bedor tunda g'iybatdan ham yomoni yo'q
Onam uchun kechirishdan osoni yo'q
Mening onam hoji onam

Har tarafdan panoh bo'lar duolariz
Boshim egib o'pay doim oyoqlariz
Tarixga teng bizga bergan saboqlariz
Mening onam hoji onam

Qizlarxonni ko'z qorachig'idek asradingiz
To'rt o'g'lingiz bir-biridan kam qilmadingiz
Hayot qiynab tashlasa ham sinmadingiz
Mening onam hoji onam

Yorug' kunlar keldi onam qarang darrov
Alloh sevgan bandasiga berar sinov
Qo'l cho'zdimi qiyin kunda ayting birov
Mening onam hoji onam

Sabr qilib chidagansiz tosh ustida
Jabr ko'rib yashagansiz yosh ostida
Endi sizni ko'taramiz bosh ustiga
Mening onam hoji onam

Onajonim jannat suvidek muazzamsiz
Sajdagohim Ka'ba toshidek muazzamsiz
Go'zal onamiz Hadichadek muazzamsiz
Mening onam hoji onam

Mening onam hoji onam